Mamlakatimiz qishloq xo‘jaligida yuqori hosil olishda tuproqni sog‘lomlashtirish muhim ahamiyatga ega. Bu borada tuproqda sodir bo‘ladigan mikrobiologik jarayonlarni tadqiq qilish o‘ziga xos o‘rin tutadi. Mazkur masalani hal qilishda tuproq sharoitida mikroorganizmlar tarkibini o‘rganish va ular faoliyatini boshqarish hamda mikroorganizmlarning metobolitik reaksiyalarin qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligini oshirishga yo‘naltiriladi. Buning asosiy sababi tuproqlardan har yili hosil orqali oziq elementlari tashqariga ko‘proq chiqib ketib, kamroq qaytib kelishi, ya’ni chiqim va kirim balansining buzilishidir.
Bo‘z tuproq sharoitida organik o‘g‘itlardan, biogumusdan va kompostdan samarali foydalanish va shudgorda solinganda tuproqni gumus va azot, fosfor va kaliyni harakatchan shakllari xususiyatlariga hamda o‘simlik tomonidan oziqa moddalarni (npk) o‘zlashtirilishiga, paxta hosiliga ta’siri aniqlanib, organik o‘g‘it, biogumus va kompostlarni chirishi natijasida tuproqda organik modda ko‘payishi evaziga, ekinlarga qo‘llanilayotgan mineral o‘g‘itlar samaradorligi va ko‘zlangan ekinlar hosildorligi oshib, sifati yaxshilanadi hamda tuproq unumdorligini saqlash va tiklash bilan birga yuqori hosilga erishishdir.